“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 14 2019, 04:53
ЎЗO‘Z

Tramp aktyor Arnold Shvarseneggerni tanqid qildi

06 yanv, 23:50 4 514 Dunyo
Tramp aktyor Arnold Shvarseneggerni tanqid qildi

AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp mashhur aktyor Arnold Shvarseneggerni "Mashhurning shogirdi" realiti-shousining past reytinglari uchun tanqid qildi. Hozirda aktyor ushbu shouga boshlovchilik qilmoqda, deb yozadi Kun.uz sayti.

Tramp bu haqdagi fikrini tvitterda chop etdi. "Reytinglar chop etildi va Arnold Shvarsenegger reytinglar ustasi Donald Trampga nisbatan kasodga uchradi", deb yozgan Tramp o‘z haqida uchinchi shaxsda gapirib. "Mana senga kinofilmlar yulduzi va biz shouning 1-mavsumini 14-mavsumi bilan taqqoslamoqdamiz. Endi uning natijalarini mening birinchi mavsumdagilar bilan taqqoslang. Biroq bu kimni ham tashvishlantirardi, axir u Keysik va Xillarini qo‘llab-quvvatlagan", deb tanqid qildi aktyorni Tramp.

Ushbu shouni Shvarseneggerdan avval Tramp olib borgan, biroq u AQSh prezidentlik poygasida aytgan mojaroli so‘zlari uchun shoudan bo‘shatib yuborilgandi. Shou yanvar oyida yana tiklandi, biroq bu gal unga Shvarsenegger boshlovchilik qila boshlagan.

Ushbu teleshouda xayriya tashkilotlariga iloji boricha ko‘proq mablag‘ yig‘ishga intiluvchi yulduzlar ishtirok etadi. Ushbu shou tadbirkorlar Tramp kompaniyalaridan birida ishlash huquqini qo‘lga kiritish uchun kurash olib borgan "Shogird" loyihasining bir yo‘nalishi hisoblanadi.

Shvarsenegger respublikachilar tarafdori bo‘lsada, saylovoldi poygasi vaqtida ushbu partiya vakili bo‘lgan Trampni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgan. Aktyor buni mamlakatning manfaatlarini partiyanikidan ustunroq qo‘yishi bilan tushuntirgan. Aktyor jumladan Trampning raqiblari Xillari Klinton va Ogayo shtati gubernatori Jon Keysikni qo‘llab-quvvatlagan.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Donald Tramp harbiy xarajatlar sezilarli miqdorda oshirilishini ma’lum qildi 26 fev, 14:02
  • Donald Tramp Eron prezidentiga «ehtiyot bo‘lish»ni maslahat berdi 12 fev, 08:36
  • Donald Tramp AQSh prezidenti sifatida Oq uyga keldi 21 yanv, 10:49
  • Donald Tramp saylovning ikkinchi bosqichida ham etarli ovoz to‘play oldi 20 dek, 11:05
  • Donald Tramp uni tanqid qilgan siyosatchiga AQSh davlat kotibi lavozimini taklif qilmoqchi 20 noya, 16:55
  • Qozoq qizi Donald Tramp bilan qanday tanishgandi? 13 noya, 12:33
  • So'nggi yangiliklar
  • Yoqtirgan mevangizni tanlang va o‘zingiz haqingizdagi ma’lumotga ega bo‘ling 14 noya, 00:17 267
  • Islom Ahmedovdan terma jamoamizga oid fikr va mulohazalar 13 noya, 23:55 211
  • Madam Bovari sindromi nima? Uning qanday alomatlari bor? 13 noya, 23:30 232
  • 8 yoshli meksikalik qiz quyosh suv isitgichini ixtiro qilgani uchun Yadro ilmi mukofotiga sazovor bo'ldi 13 noya, 23:06 271
  • O‘zbekistondan «yakkashox» chiqadimi? 13 noya, 22:43 650
  • "Talabalar olayotgan stipendiya xattoki kartoshka sotib olishga ham yetmaydi"- O‘zXDP 13 noya, 22:20 414
  • 2019 yilning eng chiroyli​ archalari qayerda yasatilgan edi? 13 noya, 21:56 251
  • «O‘rgimchak-odam» Alen Rober Parijdagi 152 metrlik binoni zabt eta olmadi 13 noya, 21:32 268
  • Kunduzgi uyquning zararli tomonlari ma’lum qilindi 13 noya, 21:04 557
  • «Aytsam – o‘ldirurlar, aytmasam – o‘lam...» yoxud Karim Bahriyev 20 yil avval nima degandi? 13 noya, 20:36 1 183
  • Bo‘limlar