“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 15 2019, 02:11
ЎЗO‘Z

Janubiy Koreyada prezidentga qarshi tarixdagi eng katta namoyish bo‘lib o‘tdi

04 dek, 21:16 5 360 Dunyo
Janubiy Koreyada prezidentga qarshi tarixdagi eng katta namoyish bo‘lib o‘tdi

Janubiy Koreya shaharlari ko‘chalariga mamlakat prezidenti Pak Kin Xening iste’foga ketishini talab qilib, kamida 2,3 mln kishi chiqdi, deb xabar bermoqda Korea Herald nashri. Namoyish muxolif partiya parlamentga prezidentni impichment qilish taklifini kiritgandan bir necha soat keyin boshlangan.

Seuldagi namoyishning o‘zida 1,7 mln dan ko‘proq odam ishtirok etdi.

"Namoyish ishtirokchilari prezidentga bosimni kuchaytirish va uni o‘z lavozimini ko‘ngilli tarzda tark etishi maqsadida prezident qarorgohidan 200 metr naridan o‘tdilar", deyilmoqda xabarda.

Yana 620 ming kishi Janubiy Koreyaning yirikligi bo‘yicha 2-shahari – Pusan va Kvanju ko‘chalariga chiqdilar.

Bu namoyish mamlakatda prezident iste’fosi talab qilib o‘tkazilayotgan 6-namoyishdir. Mutaxassislarning hisob-kitoblari to‘g‘ri bo‘lsa, 4 dekabrdagi namoyish mamlakat tarixidagi eng yirigi bo‘lgan.

Prezident impichmenti bo‘yicha ovoz berish 9 dekabrda bo‘lib o‘tadi. U bo‘yicha rezolyusiyani 171 deputat, jumladan uch muxolif partiyadan barcha deputatlar va mustaqil deputatlar qo‘llab-quvvatlagan. Janubiy Koreya prezidentining iste’foga jo‘natilishi uchun 300 deputatdan 200 nafari bunga ovoz berishi kerak.

Pak Kin Xe o‘zining yaqin dugonasi Chxve Sun Silga soyavonlik qilganlikda ayblanmoqda. Chxve Sun Sil yirik korrupsion mojaroga aloqadorlikda ayblanmoqda.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Janubiy Koreya madaniyat vaziri korrupsiya mojarosi tufayli hibsga olindi 21 yanv, 23:26
  • Janubiy Koreya hukmron partiyasi parchalanib ketdi 23 dek, 16:43
  • Janubiy Koreyada prezidentning dugonasi ustidan sud jarayoni boshlandi 19 dek, 13:35
  • Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xening taqdiri hal etiladi 09 dek, 13:00
  • Janubiy Koreyada prezidentga qarshi antiqa aksiya o‘tkazilmoqchi 26 noya, 09:41
  • Senatorlar Braziliya prezidentini vaqtinchalikka lavozimidan chetlatdi 12 may, 16:55
  • So'nggi yangiliklar
  • Qozog‘iston prezidentining o‘g‘li surati birinchi bor e’lon qilindi 15 okt, 00:04 292
  • Otabek Umarov 23-noyabr kuni Nurmagomedov tashrif buyurishini maʼlum qildi 14 okt, 23:36 189
  • «AVTO 60 OY» MChJga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 14 okt, 23:18 263
  • Don, un va non yetkazib berish tizimiga bozor mexanizmlari to‘liq joriy etilmoqda 14 okt, 22:54 184
  • "Yalla" ansambli ijro uslubidagi bolalar musiqa maktabi ochiladi 14 okt, 22:33 131
  • Deputat: Dollardan voz kechish payti keldi 14 okt, 22:31 579
  • Qoraqalpog‘istonda poyezd favqulodda tormoz berib Nexia’ni urib to‘xtadi (video) 14 okt, 22:14 468
  • AOKA rahbariyati BAAda qirollik oilasi a’zosi bilan uchrashdi (foto) 14 okt, 21:54 304
  • Komil Allamjonov: «Jahongir Otajonovni yaxshi ko‘rib tinglash uchun shaxsan bizga litsenziya kerak emas» 14 okt, 21:35 792
  • Qashqadaryoda erkak bojasi va qaynakasi tomonidan shafqatsizlarcha o‘ldirildi (video) 14 okt, 21:20 1 054
  • Bo‘limlar