“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2019, 04:32
ЎЗO‘Z

Nazarboyev hokimiyatni farzandlariga meros qilib beradimi?

24 noya, 21:24 6 322 Dunyo
Nazarboyev hokimiyatni farzandlariga meros qilib beradimi?

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev hokimiyatni farzandlariga meros qilib qoldirmaydi. U bu haqda Bloomberg agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda Diydoraziz nashri.

Davlat rahbari hokimiyat almashish jarayoni mamlakat konstitusiyasida qayd etilganini aytdi. «Farzandlarimga hokimiyatni meros qoldirishni mo‘ljallamaganman. Menimcha, bu biz uchun emas. Hokimiyat almashish jarayoni mamlakat konstitusiyasida yozib qo‘yilgan», — dedi u. Nazarboyev 2020 yilda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlarida ishtirok etishi haqidagi savolni ochiq qoldirdi.

«2020 yilgacha ishlashda davom etaman, 2020 yilda esa siz bilan uchrashamiz», — dedi 76 yoshli prezident.

Nursulton Nazarboyev 1991 yilda umumxalq saylovida prezidentlikka saylangan. 1995 yilda referendum natijalariga ko‘ra uning vakolat muddati 2000 yilgacha uzaytirilgan. U 1999 va 2005 yilgi saylovlarda qaytadan prezident etib saylangan. 2007 yilda Qozog‘iston konstitusiyasiga kiritilgan tuzatishga ko‘ra, Nazarboyevga mamlakatning birinchi prezidenti sifatida davlat rahbarligiga saylovlarda cheksiz qatnashish huquqi berildi. U 2011 va 2015 yillarda yana prezident etib saylandi.

Qozog‘iston konstitusiyasiga binoan, prezident muddatidan oldin lavozimini tark etsa yoki chetlatilsa hamda vafot etsa, prezident vakolatlari parlament senati (yuqori palata) raisiga o‘tadi.

Nazarboyevning to‘ng‘ich qizi Darig‘a 2016 yil sentyabrda senatning xalqaro munosabatlar, mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha muntazam qo‘mitasining raisi etib tayinlangan. O‘rtancha qizi Dinara Kulibaeva turmush o‘rtog‘i Timur Kulibaev bilan Qozog‘istondagi ikkinchi yirik bankni boshqaradi. Kenja qizi Aliya esa qurilish biznesi bilan shug‘ullanadi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Suriya muammolari endi Qozog‘istonda hal qilinadi 19 dek, 22:53
  • Qozog‘iston mustaqilligining 25 yilligini nishonlamoqda 16 dek, 13:59
  • Nursulton Nazarboyev surati 10 ming tengeni bezadi 15 noya, 23:44
  • Nursulton Nazarboyev noyabr oyida Yaponiyaga tashrif uyushtiradi 14 okt, 11:36
  • Nazarboyev qachon hammasi yaxshi bo‘lishiga oydinlik kiritdi 14 sen, 17:12
  • Nazarboyev o‘z qizini Qozog‘iston Senati deputati qilib qo‘ydi 14 sen, 16:32
  • So'nggi yangiliklar
  • Rauf Inileyev: Ortiqcha darajada quvonib ketmasligimiz kerak 18 okt, 00:25 204
  • Turkmanistondagi birinchi alabay itlari muassasasiga 7 ta bank sarmoya ajratadi 18 okt, 00:05 171
  • «Nuroniy» jamg‘armasi vakili: «Dabdabali to‘y qilayotgan amaldorlarimizning tanobini ham bir tortib qo‘yish kerak» 17 okt, 23:42 141
  • Aktam Hayitov «ko‘p go‘sht yeyapmiz»ga izoh berdi 17 okt, 23:17 450
  • Sanjar Quvvatov hamkasbi Suyunovni maqtadi, Nesterovni esa Noyerga tenglashtirdi 17 okt, 22:53 177
  • Afsonaviy "Sovet uyqu tajribasi" haqida film yaratildi 17 okt, 22:30 330
  • Karate bo‘yicha Toshkentda o‘tayotgan musobaqada ommaviy mushtlashuv yuz berdi (video) 17 okt, 22:06 768
  • Yaqin qarindoshlar avtomobilni ishonchnomasiz boshqarishi talablari ma’lum qilindi 17 okt, 21:43 833
  • 12 yilga ozodlikdan mahrum etilgan bokschi Sergey Mixaylov oqlandi 17 okt, 21:30 434
  • "Inter" Rossiya terma jamoasi hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi 17 okt, 21:06 331
  • Bo‘limlar