“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 14 2019, 04:45
ЎЗO‘Z

Siyosatshunoslar: AQShning yangi haqiqiy birinchi xonimi Trampning qizi bo‘ladi

13 noya, 11:36 6 242 Dunyo
Siyosatshunoslar: AQShning yangi haqiqiy birinchi xonimi Trampning qizi bo‘ladi

Donald Trampning 2017 yil 20 yanvardagi inaugurasiyasidan keyin AQShning birinchi xonimi uning rafiqasi Melaniya Tramp bo‘ladi. Biroq shu bilan birga siyosatshunoslar Trampga rafiqasidan ko‘ra uning qizi, 35 yoshli Ivanka Tramp ko‘proq ta’sirga ega bo‘ladi, degan fikrni bildirmoqdalar.

Avgustda Trampdan saylovlarda g‘alaba qozonsa qaysi ayolni o‘z jamoasiga olgan bo‘lishi so‘ralganda "Tanlov katta, biroq hamma shubhasiz "Ivankani ol, Ivankani ol" deb aytsa kerak" deb javob bergan.

Ivanka Tramp namoyishlarda ishtirok etib va otasiga qo‘shimcha ovozlarni to‘plashga urinib uni butun saylovoldi kampaniyasi davomida qo‘llab-quvvatladi. Tadbirkor va ko‘p farzandli ayol bo‘lgan Ivanka otasi tomonga ko‘plab ayollarni jalb qila oldi.

Melaniya Tramp emas, aynan Ivanka milliarderning prezidentlikka nomzod sifatida tanishtirilishi marosimida unga hamrohlik qilgan. Vanity Fair jurnali Ivankani "Tramp rafiqasining o‘rinbosari" deb atagan. "Tramp shtabi, ko‘rinishicha, o‘z g‘oyalarini milliarderga uning rafiqasi orqali emas, balki qizi orqali etkazishni afzal ko‘radi", deb yozgan nashr.

Ivanka o‘z ukalari Erik va Donaldga otasining kompaniyasi – Trump Organization’ni va Trump Hotels mehmonxonalar tarmog‘ini boshqarishda yordam beradi. Trampning birorta ham rafiqasi oilaviy biznesga Ivankachalik ta’sirga ega bo‘lmagan. Aytishlaricha, Ivanka kompaniyada eng yirik bitimlarning tuzilishi uchun javobgar hisoblanadi.

Ivanka Tramp o‘z saytida "Men ayollarni ilhomlantirishni va ularga o‘z hayotlarini o‘zlari istagancha, boshqalarga boqmagan holda qurishlari uchun kuch berishni istayman", degan fikrni bildirgan.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Ivanka Tramp otasining Suriyaga raketa zarbalarini yo‘llash qaroriga ta’sir ko‘rsatgan 10 apr, 20:04
  • Ivanka Tramp otasining yordamchisi bo‘lishi, biroq buning uchun maosh olmasligini aytdi 30 mar, 10:03
  • Tramp savdo tarmoqlari qizi Ivanka bilan ishlashdan bosh tortishi fonida unga tasanno o‘qidi 12 fev, 11:29
  • Donald Tramp AQSh prezidenti sifatida Oq uyga keldi 21 yanv, 10:49
  • Trampning qizi Ivanka biznesni tark etadi 12 yanv, 13:22
  • Qozoq qizi Donald Tramp bilan qanday tanishgandi? 13 noya, 12:33
  • So'nggi yangiliklar
  • Yoqtirgan mevangizni tanlang va o‘zingiz haqingizdagi ma’lumotga ega bo‘ling 14 noya, 00:17 249
  • Islom Ahmedovdan terma jamoamizga oid fikr va mulohazalar 13 noya, 23:55 199
  • Madam Bovari sindromi nima? Uning qanday alomatlari bor? 13 noya, 23:30 226
  • 8 yoshli meksikalik qiz quyosh suv isitgichini ixtiro qilgani uchun Yadro ilmi mukofotiga sazovor bo'ldi 13 noya, 23:06 268
  • O‘zbekistondan «yakkashox» chiqadimi? 13 noya, 22:43 635
  • "Talabalar olayotgan stipendiya xattoki kartoshka sotib olishga ham yetmaydi"- O‘zXDP 13 noya, 22:20 408
  • 2019 yilning eng chiroyli​ archalari qayerda yasatilgan edi? 13 noya, 21:56 247
  • «O‘rgimchak-odam» Alen Rober Parijdagi 152 metrlik binoni zabt eta olmadi 13 noya, 21:32 265
  • Kunduzgi uyquning zararli tomonlari ma’lum qilindi 13 noya, 21:04 546
  • «Aytsam – o‘ldirurlar, aytmasam – o‘lam...» yoxud Karim Bahriyev 20 yil avval nima degandi? 13 noya, 20:36 1 172
  • Bo‘limlar