“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2019, 21:50
ЎЗO‘Z

Import qilinayotgan avtomashinalarga davlat boji 2 baravarga tushirilishi kutilmoqda

10 sen, 12:03 1 495 Avto
Import qilinayotgan avtomashinalarga davlat boji 2 baravarga tushirilishi kutilmoqda
Soʻnggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda va turli veb-saytlarda deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi koʻplab muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Qonun loyihasi bilan transport vositalari uchun utilizatsiya yigʻimi joriy etishni koʻzda tutuvchi qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston “Adolat” SDP fraksiyasi yigʻilishida ham koʻrib chiqildi va koʻplab bahs-munozaralarga sabab boʻldi, deb xabar qilmoqda “Adolat” SDP matbuot xizmati.

Fraksiya aʼzolari Qonun loyihasining konsepsiyasini, xususan, ekologik xavfsizlikni taʼminlash, fuqarolar salomatligi va atrof-muhitni transport vositalarning isteʼmol xususiyatlarini yoʻqotish oqibatida vujudga kelgan chiqindilarning zararli taʼsiridan himoya qilish maqsadida ishlab chiqilganini toʻla qoʻllab-quvvatlashlarini bildirishgan. Faqatgina aholi manfaatlaridan kelib chiqqan holda ushbu toʻlovlardan tushgan mablagʻlarning sarflanish mexanizmi toʻliq ochib berilmagani, yigʻimning joriy etilishi import qilinayotgan va mahalliy avtomobillar narxiga taʼsiri boʻyicha qonun tashabbuskorlariga savollar bilan murojaat etishgan.

- Mazkur toʻlovlarning joriy qilinishi xalqimiz va isteʼmolchilarni oʻylantirayotganidek, narxlar oshishiga olib kelmaydi – dedi “Oʻzavtosanoat” AK vakili Rustam Qodirov. – Bu yigʻimni mahalliy avtomobil ishlab chiqaruvchilarimiz lokalizatsiyani kengaytirish, ichki zaxiralarni ishga solish orqali oʻz boʻyniga oladi. Xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun ham alohida yondashilmoqda. Jumladan, hozirda Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi tayyorlangan boʻlib, unga koʻra mamlakatimizga import qilinayotgan avtomobillarga davlat boji stavkalari ikki baravarga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Bundan koʻrinib turibdiki, utilizatsiya yigʻimini joriy etish oʻzimizda ishlab chiqarilayotgan va import qilinayotgan avtomobillar narxiga hech qanday taʼsir qilmaydi.

Fraksiya aʼzolari qonun loyihasidagi boshqa bir qator masalalarni ikkinchi oʻqishgacha toʻgʻrilash boʻyicha oʻz taklif va tavsiyalarini berishdi va qonun loyihasi konseptual jihatdan qoʻllab-quvvatlandi, deyiladi xabarda.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Avtomobillar uchun yangi yig‘im joriy etiladi 07 sen, 12:30
  • Deputatlar mashina narxini yana-da qimmatlashtiradigan qonun loyihasini qabul qilmadi 05 sen, 18:00
  • Deputatlar ikki muhim qonun hujjatini ko‘rib chiqdi 15 iyul, 09:02
  • Avtomobillarni notarial tasdiqlovsiz ijaraga berishga doir qonun loyihasi ako‘rib chiqildi 12 may, 07:02
  • To‘rtta qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda 11 apr, 17:57
  • So'nggi yangiliklar
  • Alisher Sa’dullayev to‘ylar haqida. «Yosh do‘stlarimga yetkazing» 16 sen, 21:35 75
  • «Sudlar odamlarni sarson qilish uchun emas, adolat uchun xizmat qilishi kerak» 16 sen, 21:08 102
  • Anqara hokimi Toshkent ko‘chalaridan birini «Anqara» deb nomlashni taklif etdi 16 sen, 20:44 167
  • Rustam Assakalov jahon chempionatida O‘zbekiston hisobiga ikkinchi medalni qo‘shib qo‘ydi 16 sen, 20:18 161
  • Pakyao va Meyvezer o‘rtasida ikkinchi jang bo‘ladimi? 16 sen, 19:53 196
  • Hindistonga noqonuniy oltin yetkazib berayotgan o‘zbeklar qo‘lga olindi 16 sen, 19:30 668
  • 2027 yilgi Osiyo Kubogi O‘zbekistonda bo‘lishi mumkin 16 sen, 19:04 365
  • Snouden WhatsApp va Telegram amaldorlar uchun xavfli ekanligini aytdi 16 sen, 18:40 289
  • Krishtianu Ronaldu marhum otasining videosini ko‘rib, yig‘lab yubordi 16 sen, 18:15 466
  • Paxtachilik ayol MIB xodimlarini tayoq bilan urib, hujjatlarni yoqib yubordi 16 sen, 17:53 528
  • Bo‘limlar