“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2019, 21:56
ЎЗO‘Z

YHX bosh boshqarmasi «Sud orqa eshikka parda o‘rnatishni qonuniy deb topdi» xabarini asossiz demoqda

08 sen, 13:18 1 790 Avto
YHX bosh boshqarmasi «Sud orqa eshikka parda o‘rnatishni qonuniy deb topdi» xabarini asossiz demoqda
Foto: protoday.uz
Buxoro shahar ma’muriy sudi tomonidan avtomobillarning orqa yon oynalariga pardalar o‘rnatish mumkinligi to‘g‘risida qaror chiqarilgani xabar qilingan edi. Ammo O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan ma’lum qilinishicha, ushbu xabar asosga ega emas.

«2019 yil 6 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahar ma’muriy sudi tomonidan avtomobillarning orqa yon oynalariga pardalar o‘rnatish mumkinligi to‘g‘risida qaror chiqarilganligi haqida tarqatilgan xabarlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi va quyidagilar ma’lum qilinadi.

Birinchidan: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 2 avgustdagi «Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 646-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabrdagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilgan.

Ushbu o‘zgartirishlarga ko‘ra Yo‘l harakati qoidalari 3-ilovasi (Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlar) 7.4-bandining izohida III klass M3 toifadagi avtotransport vositalarining (konstruksiyasi yo‘lovchilarni faqat o‘tirgan holda tashish uchun mo‘ljallangan avtobuslar) orqa va yon oynalariga pardalar, ikki yonga orqa tomonni ko‘rish uchun tashqi ko‘zgusi mavjud bo‘lgan barcha toifadagi avtotransport vositalari orqa oynalarining tusini yorug‘lik o‘tkazuvchanligi cheklanmagan darajada o‘zgartirishga (qoraytirishga), shuningdek, ushbu orqa oynalarga parda (chiy parda, darparda) o‘rnatishga ruxsat berilishi belgilangan.

Ya’ni III klass M3 toifadagi avtotransport vositalaridan boshqa toifadagi transport vositalarining yon oynalariga parda (chiy parda, darparda) o‘rnatish taqiqlanadi.

Ikkinchidan: Yo‘l harakati qoidalari 3-ilovasining 7.3-bandiga asosan haydovchi joyidan tevarak-atrof ko‘rinishini cheklaydigan qo‘shimcha narsalar o‘rnatilgan va qoplamalar tushirilgan bo‘lsa avtotransport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.

Uchinchidan: Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarlarda GOST 33988-2016 (Avtomobilnыe transportnыe sredstva. Obzornost s mesta voditelya. Texnicheskiye trebovaniya i metodы ispыtaniy.) davlatlararo standartida keltirilgan tushunchalar noto‘g‘ri talqin qilingan.

Jumladan, «Tevarak-atrof ko‘rinishi» (obzornost) va «Old tomondan tevarak-atrof ko‘rinishi» (perednaya obzornost) tushunchalari chalkashtirib yuborilgan.

Vaholanki, Yo‘l harakati qoidalari 3-ilovasining 7.3-bandida haydovchi joyidan tevarak-atrof ko‘rinishi, ya’ni (obzornost) nazarda tutilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarlarda esa faqat «Old tomondan tevarak-atrof ko‘rinishi» (perednaya obzornost) gapirilib, amaldagi me’yoriy hujjatlar noto‘g‘ri talqin qilingan.

To‘rtinchidan: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 126-moddasida ham «Tevarak-atrof ko‘rinishi» (obzornost) to‘g‘risida ko‘rsatilgan.

Ya’ni, Kodeksining 126-moddasi bo‘yicha ma’muriy hujjatlar malakalanishida «Tevarak-atrof ko‘rinishi» (obzornost) hisobga olinadi.

Yuqorida bayon etilganlarga asosan, O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi 2019 yil 6 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarlarni asossiz deb hisoblaydi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasida Buxoro shahar ma’muriy sudi tomonidan chiqarilgan qaror to‘g‘risida aniq ma’lumotlar mavjud emas», — deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan tarqatilgan rasmiy bayonotda.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Avtomobil oynasiga parda o‘rnatish tekin bo‘ldimi? 03 avg, 19:50
  • «Tonirovka» bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi. Parda taqish esa tekin 03 avg, 09:37
  • 3 kun ichida avtomobillar oynasini qoraytirishga 45 ta ruxsat berildi 26 avg, 10:58
  • IIBB: «O‘zbekistonda «tonirovka»ga hali ruxsat berilmagan» 06 avg, 13:58
  • Sakkiztagacha o‘rindiqqa ega avtomobillar yon oynasiga parda o‘rnatish mumkinmi? 26 mar, 19:12
  • So'nggi yangiliklar
  • Alisher Sa’dullayev to‘ylar haqida. «Yosh do‘stlarimga yetkazing» 16 sen, 21:35 75
  • «Sudlar odamlarni sarson qilish uchun emas, adolat uchun xizmat qilishi kerak» 16 sen, 21:08 102
  • Anqara hokimi Toshkent ko‘chalaridan birini «Anqara» deb nomlashni taklif etdi 16 sen, 20:44 167
  • Rustam Assakalov jahon chempionatida O‘zbekiston hisobiga ikkinchi medalni qo‘shib qo‘ydi 16 sen, 20:18 161
  • Pakyao va Meyvezer o‘rtasida ikkinchi jang bo‘ladimi? 16 sen, 19:53 196
  • Hindistonga noqonuniy oltin yetkazib berayotgan o‘zbeklar qo‘lga olindi 16 sen, 19:30 668
  • 2027 yilgi Osiyo Kubogi O‘zbekistonda bo‘lishi mumkin 16 sen, 19:04 365
  • Snouden WhatsApp va Telegram amaldorlar uchun xavfli ekanligini aytdi 16 sen, 18:40 289
  • Krishtianu Ronaldu marhum otasining videosini ko‘rib, yig‘lab yubordi 16 sen, 18:15 466
  • Paxtachilik ayol MIB xodimlarini tayoq bilan urib, hujjatlarni yoqib yubordi 16 sen, 17:53 528
  • Bo‘limlar