“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2019, 21:51
ЎЗO‘Z

AI-91 benzini uchun birja kotirovkasi narxi ma’lum bo‘ldi

05 sen, 18:48 1 336 Avto
AI-91 benzini uchun birja kotirovkasi narxi ma’lum bo‘ldi
2019 yil 26-30 avgust kunlari "O‘zRTXB" AJda o‘tkazilgan birja savdo natijalariga ko‘ra birja bozorining turli tovar segmentlarida narxlar dinamikasi turli yo‘nalishlar bo‘yicha shakllanib bordi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida 2 518,0 tonna AI-91 rusumli benzin birja savdolariga qo‘yildi va sotildi. So‘nggi savdo haftasida AI-91 rusumli benzini bo‘yicha shakllangan birja kotirovkasi tovarning bir tonnasi uchun 6 385,4 ming so‘mni, uning boshlang‘ich narxi esa – 6 216,4 ming so‘mni tashkil etdi.

AI-91 rusumli benzinning haftalik kotirovkasi avvalgi haftaga nisbatan jami 0,2 %ga o‘sdi. Birja savdolari davomida AI-91 rusumli avtobenzinini sotib olish uchun buyurtmalar yuridik shaxslar, shu jumladan yirik ishlab chiqaruvchi korxonalar, tadbirkorlik sub’ektlari va avtomobil yoqilg‘i quyish shoxobchalari tomonidan kelib tushdi.

O‘tgan haftada suyultirilgan gazni ishlab chiqaruvchilari birja savdolari orqali 7 769,7 mln so‘mlik 2 020,0 tonna suyultirilgan gaz sotishdi. Gazning birjada shakllangan narxi oldingi haftaga nisbatan 4 %ga o‘sib, bir tonna uchun 3 846,4 ming so‘mni tashkil etdi. Savdolarda xaridor sifatida suyultirilgan gazni sotish huquqini beruvchi litsenziyaga ega korxonalar qatnashdi.

Birja bozorining salmoqli qismini egallab turgan paxta tolasi ham muvozanatni saqlab kelmoqda. O‘tgan hafta 1 nav 4 tip (o‘rta klass)dagi paxta tolasi bo‘yicha narxlar 1,5 %ga pasayib, bir tonna uchun 12 918,3 ming so‘mni tashkil etdi. Paxta tolasini boshqa navlarining narxlari o‘rtacha 10 827,0 ming so‘mdan 13 974,6 ming so‘mgacha bo‘ldi. Birja savdolarida asosan paxta tolasini qayta ishlash quvvatiga ega mahalliy to‘qimachilik korxonalari ishtirok etdi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • AI-91 benzini uchun birja kotirovkasi 6370,9 ming so‘mni tashkil etdi 27 avg, 10:30
  • O‘zbekistonda AI-91 rusumli benzin birjada deyarli boshlang‘ich narxda sotildi 19 avg, 16:35
  • AI-91 rusumli benzin birjada deyarli boshlang‘ich narxda sotildi 16 avg, 16:53
  • AI-91 rusumli benzin bozor narxlarida baholanadi. Uni kimlar sotib oladi? 02 avg, 12:40
  • O‘zbekistonda birinchi marta birjada oltin sotildi 09 apr, 21:43
  • So'nggi yangiliklar
  • Alisher Sa’dullayev to‘ylar haqida. «Yosh do‘stlarimga yetkazing» 16 sen, 21:35 75
  • «Sudlar odamlarni sarson qilish uchun emas, adolat uchun xizmat qilishi kerak» 16 sen, 21:08 102
  • Anqara hokimi Toshkent ko‘chalaridan birini «Anqara» deb nomlashni taklif etdi 16 sen, 20:44 167
  • Rustam Assakalov jahon chempionatida O‘zbekiston hisobiga ikkinchi medalni qo‘shib qo‘ydi 16 sen, 20:18 161
  • Pakyao va Meyvezer o‘rtasida ikkinchi jang bo‘ladimi? 16 sen, 19:53 196
  • Hindistonga noqonuniy oltin yetkazib berayotgan o‘zbeklar qo‘lga olindi 16 sen, 19:30 668
  • 2027 yilgi Osiyo Kubogi O‘zbekistonda bo‘lishi mumkin 16 sen, 19:04 365
  • Snouden WhatsApp va Telegram amaldorlar uchun xavfli ekanligini aytdi 16 sen, 18:40 289
  • Krishtianu Ronaldu marhum otasining videosini ko‘rib, yig‘lab yubordi 16 sen, 18:15 466
  • Paxtachilik ayol MIB xodimlarini tayoq bilan urib, hujjatlarni yoqib yubordi 16 sen, 17:53 528
  • Bo‘limlar