“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2019, 04:19
ЎЗO‘Z

UzAuto Motors kompaniyasi mijozlarga ogohlantirish bilan chiqdi

14 avg, 19:10 1 586 Avto
UzAuto Motors kompaniyasi mijozlarga ogohlantirish bilan chiqdi
UzAuto Motors AJ avtomobil xarid qilish jarayonida korrupsiya holatlarining oldini olish maqsadida mijozlarga murojaat bilan chiqdi. Unda, ma’lum bir modeldagi avtomobillar uchun shartnomalar yo‘qligi, yoxud qo‘shimcha pul talab qilish holatlariga duch kelgan xaridorlar kompaniyaning ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroqq qilishlari mumkinligi ta’kidlangan.

«Rasmiy dilerlarda UzAuto Motors kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarning barcha rang va to‘plamlariga shartnomalar mavjudligini ma’lum qilamiz. Agar siz avtomobil xaridi jarayonida u yoki bu modeldagi avtomobil uchun shartnoma yo‘qligi, yetkazib berish muddatining uzoqligi kabi vajlar bilan qo‘shimcha pul mablag‘larini talab qilish holatlariga duch kelsangiz, UzAuto Motors komaniyasining ishonch telefonlariga 78 141-77-77 raqami orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz», - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, kompaniya yangi avtomobillar savdosida tovlamachilik va boshqa korrupsion harakatlarning oldini olish, avtomobillar savdosida shaffoflikni ta’minlash maqsadida «Uzavtosavdo» mobil ilovasini ishga tushirgan. Agarda ilovada zarur avtomobil yo‘q bo‘lsa, buyurtma to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtomobil zavodiga yuboriladi. Mazkur ilova orqali xaridor o‘zi istagan avtomobilning rangi va rusumini tanlab unga shartnoma olishi mumkin.

«Uzavtosavdo» ilovasi xaridorga barcha jarayonlarni boshidanoq nazorat qilish, o‘z navbati va avtomobilni olish sanasini bilib borish imkonini beradi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • UzAuto Motors: «Barcha rang va komplektatsiyalarga shartnoma bor. Tovlamachilardan ehtiyot bo‘ling» 14 avg, 09:53
  • UzAuto Motors profilaktika ishlari tufayli avtomobil ishlab chiqarishni to‘xtatadi 08 avg, 11:03
  • «UzAuto Motors» Toshkentda arzon ehtiyot qismlar do‘koni ochmoqchi 05 iyul, 17:10
  • UzAuto Motors zavodlarida eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil qaysi? 05 iyul, 10:35
  • GM Uzbekistan: «Tamagirlikka yo‘l qo‘yilmaydi» 18 iyun, 19:39
  • So'nggi yangiliklar
  • Ro‘ziqul Berdiyev "Lokomotiv" bilan o‘yindan so‘ng: "Jamoamning o‘yinini yuqori baholayman" 18 avg, 00:24 145
  • AQShlik milliarder Poroshenko 8 mlrd dollarni mamlakatdan olib chiqib ketganini aytdi 18 avg, 00:02 241
  • APL. Turning markaziy o‘yinida jangovar durang qayd etildi 17 avg, 23:37 155
  • Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari ishtirokidagi yangi video tarqaldi 17 avg, 23:23 613
  • La Liga. "Real" mavsumni yirik g‘alaba bilan boshladi 17 avg, 23:10 218
  • APL. "Liverpul" safarda qiyin g‘alabaga erishdi 17 avg, 23:03 171
  • “Paxtakor”da yirik, “Lokomotiv”da kichik hisobdagi g‘alaba 17 avg, 22:38 209
  • "Surxon" ustozi: "Braziliyalik legionerlardan ko‘p narsa kutyapmiz" 17 avg, 22:13 270
  • 38 yoshli hujumchi Arits Aduris "Barselona" bilan o‘yindan so‘ng nimalar dedi? 17 avg, 21:43 340
  • Moliya vazirligi oshgan narxlarga izoh berdi 17 avg, 21:16 836
  • Bo‘limlar