“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 21 2019, 23:43
ЎЗO‘Z

Toyota pedallarni adashtirib yuboradigan haydovchilar uchun xavfsizlik texnologiyasi ishlab chiqdi

13 avg, 07:37 802 Avto
Toyota pedallarni adashtirib yuboradigan haydovchilar uchun xavfsizlik texnologiyasi ishlab chiqdi
Toyota gaz va tormoz pedallarini adashtirib yuboradigan haydovchilarni straxovka qiladigan faol xavfsizlik texnologiyasini ishlab chiqdi. Quvvatni bostirish yangi funksiyasi yo‘lda piyoda yoki velosipedchini aniqlasa, keskin ravishda tezlashishga imkon bermaydi. Himoya tizimi qo‘shimcha funksiya sifatida taklif etiladi va 70 yoshdan oshgan haydovchilar uchun tavsiya etilgan.

Faol xavfsizlikning yangi yordamchisi yil oxiriga kelib seriyali avtomobillarda paydo bo‘lishi kutilmoqda. Birinchi navbatda qo‘shimcha himoya bilan yoshi katta haydovchilar orasida ommalashgan Prius va Aqua gibridlari jihozlanadi. Biroq mashina egasi istagiga ko‘ra, funksiyani sotib olingan har qanday zamonaviy avtomobilga o‘rnatish mumkin. Tizimning boshlang‘ich narxi 50 ming iyenni (475 dollar) tashkil qiladi.

Yaponiyada keksa yoshlilar aybi bilan yo‘l-transport hodisasi sodir etilishi katta muammo hisoblanadi. 2018 yilda pensiya yoshidagi e’tiborsiz haydovchilar sababli mamlakat yo‘llarida 460 kishi halok bo‘lgan. Jumladan, 17 kishi gaz va tormoz pedalini adashtirib qo‘ygan haydovchilar qurboniga aylangan. 2019 yil mayida bunday avtohalokatlar sonini kamaytirish masalasi bosh vazir Sindzo Abe boshchiligidagi majlisda muhokama qilingan.

Toyota’ning tashabbusi raqobatchilarni shunga o‘xshash tizimlarni ishlab chiqishga undaydi. Yaponiyada o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 84 yoshdan oshadi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha kunchiqar mamlakat dunyoda birinchi o‘rinda turadi va oxirgi 10 yil ichida yaponlar yana 3,5 yil ko‘proq yashamoqdalar.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Yaponiyada keksa haydovchilarga maxsus guvohnomalar berilishi rejalashtirilmoqda 12 iyun, 11:15
  • IIBB Yunusoboddagi YTH yuzasidan: Gaz va tormoz pedallarini adashtirib yuborgan 05 iyun, 21:12
  • Toshkentda haydovchilar 2018 yilda qaysi qoidani eng ko‘p buzishgan? 28 yanv, 23:00
  • Toyota bir milliondan ortiq mashinasini nuqsoni sababli qaytarib oladi 06 sen, 08:30
  • Haydovchilar diqqatiga! Avariya sodir bo‘lganda qanday hujjatlar zarur bo‘ladi? 13 mar, 15:45
  • So'nggi yangiliklar
  • 5 soniyada nokaut boʻlgan Askrenning keyingi jang sanasi maʼlum boʻldi 21 avg, 23:40 1
  • Apple oʻzining shaxsiy film va seriallariga 6 mlrd dollardan ortiq pul sarfladi 21 avg, 23:00 99
  • DTM test natijalari kechikayotganiga izoh berdi 21 avg, 22:10 485
  • “Kannabis”ni parvarishlash qimmatga tushdi 21 avg, 21:30 327
  • Navoiyda bemor bola uchun plastik kartaga yigʻilgan pullar oʻgʻirlandi 21 avg, 20:50 362
  • Shavkat Mirziyoyev Nukusda qurilayotgan Prezident maktabi bilan tanishdi 21 avg, 20:10 244
  • Prezident dunyoqarashini oʻzgartirmagan sektor rahbarlarini tanqid qildi 21 avg, 19:30 406
  • Chilonzorda IIV soxta xodimi jinoyat ustida qoʻlga olindi 21 avg, 18:50 457
  • Batukayev ishi boʻyicha qoʻlga olingan Qirgʻiziston sobiq prokurori ogʻir ahvolda kasalxonaga tushdi 21 avg, 18:10 794
  • “Naqd pullar qayerdan keldi?” Andijon hokimining gaplari aks-sado bera boshladi... 21 avg, 17:25 1 771
  • Bo‘limlar