“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2019, 04:14
ЎЗO‘Z

«Tonirovka» bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi. Parda taqish esa tekin

03 avg, 09:37 3 217 Avto
«Tonirovka» bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi. Parda taqish esa tekin
Vazirlar Mahkamasining “Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Belgilanishicha, mazkur qaror qabul qilingunga qadar amalda bo‘lgan to‘lov stavkalari bo‘yicha 2019 yil 1 yanvardan oynalarning tusini o‘zgartirish (qoraytirish) uchun olingan ruxsatnomalarning amal qilish muddati mazkur qarorga muvofiq joriy etiladigan yangi to‘lov stavkalariga mutanosib ravishda uzaytiriladi.

Qarorga muvofiq, “tonirovka” narxlari orqa oyna (lobovoy) uchun tekin, orqa yon oyna uchun esa quyidagicha narxlar belgilanadi:

jismoniy va yuridik shaxslarga – BHMning (bazaviy hisoblash miqdori) 10 baravari (2 mln 230 ming so‘m);
xorijiy davlatlar yuridik shaxslariga – BHMning 20 baravari (4 mln 460 ming so‘m).

Ilgari bu miqdor tegishlicha jismoniy shaxslar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 90 baravari, yuridik shaxslar uchun 120 baravari, xorijiy yuridik shaxslari uchun 140 baravarini tashkil etgan.

Old va orqa yon oynalar uchun (barcha yon oynalar):

jismoniy va yuridik shaxslarga – BHMning 50 baravari (11 mln 150 ming so‘m);
xorijiy davlatlar yuridik shaxslariga – BHMning 80 baravari (17 mln 840 ming so‘m).

Parda bo‘yicha:

agar har ikki tomonda "bokovoy" ko‘zgular bo‘lsa, yengil mashinaning orqa va yon oynalariga pardalar o‘rnatishga ruxsat berildi. Buning uchun ruxsatnoma olish yoki to‘lov qilish shartmas.

Ichki ishlar organlari tonirovkaga ruxsat berilganligi to‘g‘risida maxsus emblema (gologramma) beradi va haydovchilar ushbu gologrammani old oynalarga yopishtirib yurishlari lozim.

2 oy muddatda tonirovka uchun belgilangan jarimalar miqdori tonirovka uchun to‘lov stavkalariga teng bo‘lgan miqdorda (hozir 5 mln 575 ming so‘m edi) o‘zgartirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Bosh vazir: "Tonirovka bo‘yicha ham tegishli qarorga qo‘l qo‘ydik" 31 iyul, 17:30
  • Ko‘chmas mulk bo‘yicha bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun yangi narxlar belgilandi 26 iyul, 11:30
  • Oʻzbekistonda 16.5 mln soʻmga “tonirovka” qilingan birinchi avtomobil (foto) 24 avg, 08:58
  • IIBB: «O‘zbekistonda «tonirovka»ga hali ruxsat berilmagan» 06 avg, 13:58
  • O‘zbekistonda avtomobil oynasini qoraytirishga ruxsat berildi 19 iyul, 00:12
  • So'nggi yangiliklar
  • Ro‘ziqul Berdiyev "Lokomotiv" bilan o‘yindan so‘ng: "Jamoamning o‘yinini yuqori baholayman" 18 avg, 00:24 145
  • AQShlik milliarder Poroshenko 8 mlrd dollarni mamlakatdan olib chiqib ketganini aytdi 18 avg, 00:02 241
  • APL. Turning markaziy o‘yinida jangovar durang qayd etildi 17 avg, 23:37 155
  • Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari ishtirokidagi yangi video tarqaldi 17 avg, 23:23 613
  • La Liga. "Real" mavsumni yirik g‘alaba bilan boshladi 17 avg, 23:10 218
  • APL. "Liverpul" safarda qiyin g‘alabaga erishdi 17 avg, 23:03 171
  • “Paxtakor”da yirik, “Lokomotiv”da kichik hisobdagi g‘alaba 17 avg, 22:38 209
  • "Surxon" ustozi: "Braziliyalik legionerlardan ko‘p narsa kutyapmiz" 17 avg, 22:13 270
  • 38 yoshli hujumchi Arits Aduris "Barselona" bilan o‘yindan so‘ng nimalar dedi? 17 avg, 21:43 340
  • Moliya vazirligi oshgan narxlarga izoh berdi 17 avg, 21:16 836
  • Bo‘limlar