“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2019, 12:14
ЎЗO‘Z

Avtoekspert nima sababdan «tonirovka» jaziramadan himoya qilmasligini tushuntirdi

26 iyul, 23:53 1 819 Avto
Avtoekspert nima sababdan «tonirovka» jaziramadan himoya qilmasligini tushuntirdi
Mustaqil avtoekspert Aleksey Sharapov tusi qoraytirilgan oyna yuqori haroratdan qutqarishi mumkin, degan fikrlarni rad etdi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

O‘zbekistonda ayni kunlarda jazirama ob-havo harorati kuzatilmoqda va haydovchilarning yuqori haroratdan himoyalanishga ehtiyoji ortib borayotganligi hech kimga sir emas. Ayrimlar jaziramadan himoyalanishning chorasi mashina oynasini qoraytirish deb bilmoqda.

Mustaqil avtoekspert Aleksey Sharapov «tonirovka» quyosh nurlaridan va tirbandlikda begonalarning yeb qo‘ygudek nigohidan xalos qilishi mumkinligini aytib, jazirama issiqdan himoya qilmasligi haqida ogohlantirdi.

«Siz qora ko‘zoynak taqqaningizda quyosh ko‘zingizni qamashtirmaydi va siz atrofni yaxshi ko‘ra olasiz, mashinada esa hammasi aksincha: «tonirovka» sizga xalaqit beradi va harakatda xavf tug‘dirishi mumkin. Menimcha, «tonirovka» g‘oyat xavfli», — dedi Sharapov.

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobil oynalari quyosh nurlarining bir qismini to‘sadi va jazirama issiqdan himoya qilishga mo‘ljallangan.

Ekspert mashinaga o‘tirgan vaqtda oynalarni oxirigacha yopmasdan konditsionerlardan foydalanishni va mashina havosini tez-tez yangilashni tavsiya qildi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Otabek Umarov: «Tonirovka» mavzusi O‘zbekiston sharoitida o‘rinli ko‘tarilgan 20 iyul, 15:57
  • Ekspert: Renault kelishi konservativ o‘zbek avtobozorini o‘zgartirmaydi 29 iyun, 13:13
  • «Tonirovka» uchun jarima miqdori keskin oshirildi 24 may, 12:30
  • Oʻzbekistonda 16.5 mln soʻmga “tonirovka” qilingan birinchi avtomobil (foto) 24 avg, 08:58
  • Avtomobillar oynasini qoraytirishga ruxsat berish haqidagi murojaat Oliy Majlis muhokamasiga o‘tdi 24 may, 09:30
  • So'nggi yangiliklar
  • Senat yalpi majlisida qanday masalalar ko‘rilmoqda? 23 avg, 11:57 6
  • Italiyadagi plyajdan 40 kg qumni olib ketishga uringan turistlar qo‘lga olindi 23 avg, 11:56 15
  • O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kutilyapti? 23 avg, 11:33 87
  • Senat yangi qonunni ma’qulladi 23 avg, 11:10 203
  • Kuper JCh-2022 yo‘lidagi ilk o‘yin oldidan yig‘inga chaqirgan futbolchilar ro‘yxati 23 avg, 10:43 127
  • Qorasuvdagi musobaqada nimalar bo‘lgandi? (video) 23 avg, 10:14 611
  • Qodirov: «Bugun odamlar itlardan, ertaga esa qari ota-onasi va «keraksiz» farzandidan voz kechadi» 23 avg, 09:50 529
  • Internetda Ortiqxo‘jayev murojaatchilarga qo‘pollik qilgani haqidagi audiolar tarqaldi 23 avg, 09:27 423
  • Apple kompaniyasi 3 ta yangi iPhone smartfonlari ishlab chiqaradi 23 avg, 08:58 174
  • Boris Jonson Makron oldida oyog‘ini stol ustiga qo‘yib oldi (video) 23 avg, 08:30 607
  • Bo‘limlar