“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2019, 12:38
ЎЗO‘Z

Jarimani 60 kunda to‘lamaganlar «Avtokon» orqali aniqlanmoqda

24 iyul, 17:43 1 290 Avto
Jarimani 60 kunda to‘lamaganlar «Avtokon» orqali aniqlanmoqda
Foto: IIBB matbuot xizmati
Toshkentda YPX inspektorlari va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qoshidagi Majburiy ijro byurosi xodimlari hamkorlikda YHQni buzib, belgilangan muddatda jarimani to‘lamagan haydovchilarning transport vositalarini aniqlashga qaratilgan tadbirlar o‘tkazishni boshlashdi.

Bundan tashqari, poytaxt hududida va YPX postlari orqali shaharga kirish/chiqishda 20 ta avtomatlashtirilgan «Avtokon» komplekslari faoliyat yuritishmoqda. Ular avtomatik tarzda (inson aralashuvisiz) to‘lov muddatini kechiktirgan «qarzdorlar» ro‘yxatiga kiritilgan avtomobillarni aniqlaydilar.

Ikki kun – 22 va 23-iyul yakuni bo‘yicha, «Avtokon» tizimi yordamida o‘z vaqtida jarima to‘lamagan 35 889 ta transport vositalari aniqlandi. Shulardan 970 nafar transport egalari bugungi kunda jarimani to‘lab bo‘lishdi. 122 ta transport vositalari jarima maydonchasiga joylandi.

Hurmatli haydovchilar! Yo‘l harakati qoidalariga rioya qiling. Shunda o‘zingizni ham, o‘zgalarni ham hayotini asragan bo‘lasiz. Agar YHQni buzgan bo‘lsangiz, jarimani o‘z vaqtida to‘lang.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • IIBB: MIB bilan hamkorlikda jarimani belgilangan muddatda to‘lamagan haydovchilar aniqlanmoqda 23 iyul, 21:00
  • Toshkent viloyatida fotoradarlardan qarzdorligi bor avtoulovlar jarima maydoniga jo‘natilmoqda 13 iyul, 21:03
  • «To‘xtash taqiqlangan!» belgisiga amal qilmaganlar endi kameraga tushadi va jarima to‘laydi 08 iyul, 21:53
  • Kunduzgi chiroqlarni yoqib yurmagan haydovchilar qancha jarima to‘laydi? 11 may, 19:00
  • Jarimani oʻz vaqtida toʻlamagan haydovchilar diqqatiga (video) 30 yanv, 13:31
  • So'nggi yangiliklar
  • Maykl Jeksonning yashirin vasiyatnomasi borligi ma’lum qilindi 23 avg, 12:20 11
  • Senat yalpi majlisida qanday masalalar ko‘rilmoqda? 23 avg, 11:57 114
  • Italiyadagi plyajdan 40 kg qumni olib ketishga uringan turistlar qo‘lga olindi 23 avg, 11:56 122
  • O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kutilyapti? 23 avg, 11:33 148
  • Senat yangi qonunni ma’qulladi 23 avg, 11:10 293
  • Kuper JCh-2022 yo‘lidagi ilk o‘yin oldidan yig‘inga chaqirgan futbolchilar ro‘yxati 23 avg, 10:43 171
  • Qorasuvdagi musobaqada nimalar bo‘lgandi? (video) 23 avg, 10:14 658
  • Qodirov: «Bugun odamlar itlardan, ertaga esa qari ota-onasi va «keraksiz» farzandidan voz kechadi» 23 avg, 09:50 599
  • Internetda Ortiqxo‘jayev murojaatchilarga qo‘pollik qilgani haqidagi audiolar tarqaldi 23 avg, 09:27 461
  • Apple kompaniyasi 3 ta yangi iPhone smartfonlari ishlab chiqaradi 23 avg, 08:58 195
  • Bo‘limlar