“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2019, 21:53
ЎЗO‘Z

UzAuto Motors rahbari «syurprizlar» tayyorlanayotganini ma’lum qildi

05 iyul, 21:35 2 384 Avto
UzAuto Motors rahbari «syurprizlar» tayyorlanayotganini ma’lum qildi
Foto: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
«O‘zavtosanoat» aksiyadorlik jamiyati va UzAuto Motors kompaniyasi tashabbusi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan tasdiqlangan media-reja asosida press-tur tashkil etildi. Jurnalistlar safar davomida UzSangvu, Avtooyna, Uz-Chasys, Uz-Koji, UzDongVon hamda UzAuto Motors (sobiq GM Uzbekistan) zavodidagi ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi.

Kecha zavod ma’muriyatida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida kompaniya nomi o‘zgarib, «GM» so‘zidan voz kechilgan bo‘lsa-da, Amerikaning GM avtomobilsozlik korporatsiyasi bilan hamkorlikdan voz kechilmagani, aloqalar to‘xtamagani va bundan keyin ham to‘xtamasligi ma’lum qilindi.

«Sifat kompaniyamiz uchun muhim va dolzarb masaladir, — dedi UzAuto Motors bosh direktori vazifasini bajaruvchi Rustam Rajabov. — Agar sifatga rioya qilmay qo‘ysak, GM biz bilan ishlashni to‘xtatib qo‘yadi, bunga ularning haqqi bor, o‘zaro kelishuv haqidagi me’yoriy-huquqiy hujjatda shunday yozib qo‘yilgan. Chunki bizda avtomobillar Chevrolet brendi ostida ishlab chiqarilmoqda, Chevrolet esa GM ga tegishli. Agar biror jihoz sifatsiz yoki yaroqsiz bo‘lsa, bu GM ning iqtisodiy siyosatiga, imidjiga putur yetkazadi. Shuning uchun korxonamizda ishlar, sifat nazorati General Motors kompaniyasi standarti bo‘yicha davom ettiriladi».

Kompaniya rebrendingi boshqa loyihalarga ta’sir ko‘rsatmasligi, xususan, Ravon brendi ham o‘zgartirilmasligi qayd etildi. Aytilishicha, zavodda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar xorijiy davlatlarga Ravon brendi ostida eksport qilinishi davom etadi.

UzAuto Motors bosh direktori OAV vakillari savollariga javob berar ekan, yangi loyihalar haqida ma’lumot berdi.

«Ravon brendiga o‘xshagan yangi brendlar yaratiladi, bu borada jiddiy va izchil ish olib borilmoqda, — dedi Rustam Rajabov. — Ular qanday brendlar ekanini hozircha oshkor qilolmayman. Yaqin kunlarda xabar topasiz. Bu syurpriz bo‘ladi».

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • «UzAuto Motors» Toshkentda arzon ehtiyot qismlar do‘koni ochmoqchi 05 iyul, 17:10
  • UzAuto Motors zavodlarida eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil qaysi? 05 iyul, 10:35
  • UzAuto Motors kompaniyasi bosh direktori yangi modellar, ranglar va elektromobillar to‘g‘risida ma’lumot berdi 05 iyul, 11:09
  • GM Uzbekistan nomi o‘zgardi 03 iyul, 09:53
  • General Motors O‘zbekistondagi zavodlarini sotadi 02 iyun, 09:56
  • So'nggi yangiliklar
  • Alisher Sa’dullayev to‘ylar haqida. «Yosh do‘stlarimga yetkazing» 16 sen, 21:35 75
  • «Sudlar odamlarni sarson qilish uchun emas, adolat uchun xizmat qilishi kerak» 16 sen, 21:08 102
  • Anqara hokimi Toshkent ko‘chalaridan birini «Anqara» deb nomlashni taklif etdi 16 sen, 20:44 167
  • Rustam Assakalov jahon chempionatida O‘zbekiston hisobiga ikkinchi medalni qo‘shib qo‘ydi 16 sen, 20:18 161
  • Pakyao va Meyvezer o‘rtasida ikkinchi jang bo‘ladimi? 16 sen, 19:53 196
  • Hindistonga noqonuniy oltin yetkazib berayotgan o‘zbeklar qo‘lga olindi 16 sen, 19:30 668
  • 2027 yilgi Osiyo Kubogi O‘zbekistonda bo‘lishi mumkin 16 sen, 19:04 365
  • Snouden WhatsApp va Telegram amaldorlar uchun xavfli ekanligini aytdi 16 sen, 18:40 289
  • Krishtianu Ronaldu marhum otasining videosini ko‘rib, yig‘lab yubordi 16 sen, 18:15 466
  • Paxtachilik ayol MIB xodimlarini tayoq bilan urib, hujjatlarni yoqib yubordi 16 sen, 17:53 528
  • Bo‘limlar