“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 14 2019, 04:43
ЎЗO‘Z

Namanganda Xitoy avtomobillari qachon ishlab chiqarilishi ma’lum bo‘ldi (foto)

26 fev, 20:13 9 215 Avto
Namanganda Xitoy avtomobillari qachon ishlab chiqarilishi ma’lum bo‘ldi (foto)
O‘tgan yilning aprel oyida Namangan viloyati Pop shahrida o‘rtacha yuk avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi, bu bilan Foton Do’stlik Servis va Xitoyning Foton Motor kompaniyalari shug‘ullanishi haqida xabarlar tarqalgandi. Birinchi yuk mashinasi 2018 yil sentyabrida chiqishi ma’lum qilingan edi. Biroq, 2018 yil oxirigacha O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma avtomobillari paydo bo‘lmadi.

Nampravda jurnalistlari Foton Do’stlik Servis mahalliy kompaniyasi rahbari Vohid Hamidov bilan bog‘lanishdi:
- Ha, biz dastlab 2018 yilda avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirgandik. Biroq, ob’ektiv sabablarga ko‘ra, loyihaning boshlanish muddatini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘ldik. Prezident qarori bilan bizning loyiha O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi Investitsiya dasturiga kiritilgani yaxshi xabar bo‘ldi. Tez orada ishlab chiqarishga tayyorgarlik boshlanadi, Mustaqillik bayrami kuniga, 2019 yil sentyabriga qadar biz avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirganmiz.

Yangi zavodning 51 foiz aksiyalari O‘zbekistonga, 49 foizi esa Xitoyga tegishlidir. Xitoylik hamkorimiz - “Urumqi Xin Xi Xin Sheng International Trading Co., LTD” loyihaga 14 mln dollar sarmoya kiritmoqda. Zavodning rejalashtirilgan quvvati oyiga - 500-1000 dona avtomobil.

Foton Motor bilan tuzilgan dastlabki shartnomaga muvofiq, ushbu shirkatning to‘rt turdagi o‘rtacha yuk avtomobillarini ishlab chiqarish uchun litsenziya oldik. Ularga yana bir model qo‘shiladi - Foton View CS2 Supporter mikroavtobusi. Ular Popdagi yangi zavodda ishlab chiqariladi. Barcha mahsulotlarimiz UzFoton brendi ostida taqdim etiladi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • O‘zbekiston yanvar oyida qancha yengil avtomobil ishlab chiqargan? 18 fev, 12:08
  • GM Uzbekistan kuniga mingdan ziyod avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi 09 noya, 06:35
  • O‘zbekistonda yil oxirigacha Captiva ishlab chiqarish to‘xtatiladi 01 iyun, 16:11
  • Prezident: «Namanganda Asakadagidan qolishmaydigan avtomobil zavodi quriladi» 04 may, 14:02
  • O‘zbekistonda Hyundai avtomobillari ishlab chiqarilishi mumkin 02 sen, 14:29
  • So'nggi yangiliklar
  • Yoqtirgan mevangizni tanlang va o‘zingiz haqingizdagi ma’lumotga ega bo‘ling 14 noya, 00:17 249
  • Islom Ahmedovdan terma jamoamizga oid fikr va mulohazalar 13 noya, 23:55 199
  • Madam Bovari sindromi nima? Uning qanday alomatlari bor? 13 noya, 23:30 226
  • 8 yoshli meksikalik qiz quyosh suv isitgichini ixtiro qilgani uchun Yadro ilmi mukofotiga sazovor bo'ldi 13 noya, 23:06 268
  • O‘zbekistondan «yakkashox» chiqadimi? 13 noya, 22:43 635
  • "Talabalar olayotgan stipendiya xattoki kartoshka sotib olishga ham yetmaydi"- O‘zXDP 13 noya, 22:20 408
  • 2019 yilning eng chiroyli​ archalari qayerda yasatilgan edi? 13 noya, 21:56 247
  • «O‘rgimchak-odam» Alen Rober Parijdagi 152 metrlik binoni zabt eta olmadi 13 noya, 21:32 265
  • Kunduzgi uyquning zararli tomonlari ma’lum qilindi 13 noya, 21:04 546
  • «Aytsam – o‘ldirurlar, aytmasam – o‘lam...» yoxud Karim Bahriyev 20 yil avval nima degandi? 13 noya, 20:36 1 172
  • Bo‘limlar