“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2019, 14:25
ЎЗO‘Z

O‘tgan hafta onlayn auksion orqali qiymati 1,3 mlrd so‘mdan ortiq avtoraqamlar sotildi

22 may, 12:23 3 021 Avto
O‘tgan hafta onlayn auksion orqali qiymati 1,3 mlrd so‘mdan ortiq avtoraqamlar sotildi
Joriy yilning 14 maydan 18 maygacha bo‘lgan davr mobaynida “O‘zRTXB” AJda 646,1 mlrd so‘mlik bitimlar tuzildi. Bu esa o‘tgan haftadagi natijadan 26 foizga ortiq ekanligini ko‘rsatdi, deb xabar bermoqda "O‘zRTXB" AJ matbuot xizmati.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda birja savdolarining hajmi 485,7 mlrd so‘mdan 628,0 mlrd so‘mga ko‘tarildi. Sotuvlar bo‘yicha qurilish mollari birinchi o‘rinni 30,2 foiz bilan egallab turibdi. Ikkinchi o‘rinda paxta tolasi joylashgan bo‘lib, birja bozorining 19,2 foizini egalladi. Keyingi o‘rinda oziq-ovqat tovarlari joylashgan bo‘lib, uning ulushi 10,4 foizni tashkil qiladi.

Valyuta savdo maydonchasi orqali 1,13 mln AQSh dollarlik mahalliy mahsulotlar sotildi. Kelishuvlarning asosiy qismini polietilen tashkil etdi. Uning ulushi 78 foiz. Kelishuvlarning qolgan qismi texnik moyga tegishli. Uning ulushi 22 foizga teng.

Avtoraqamlar bo‘yicha onlayn auksion
O‘tgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 81ta avtomobil raqamlari sotildi. Ularning 55tasi jismoniy shaxslarga, 26tasi yuridik shaxslarga sotilgan. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 1,3 mlrd so‘mdan oshdi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning deyarli 66 foiz birinchi toifadagi avtoraqamlar, 19 foiz bitimlar ikkinchi toifa avtoraqamlar va 13 foiz bitimlar 3-toifa avtoraqamlar bo‘yicha tuzilgan.

Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent va Toshkent viloyati avtohavaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 60 foizga teng. Keyingi o‘rinda Surxondaryo, Samarqand va Farg‘ona viloyatlari avtohavaskorlari har biri 6 foiz ulush bilan joylashdi. Uchinchi o‘rin Buxoro va Namangan viloyatlari avtohavaskorlariga tegishli bo‘lib, har birining ulushi 5%ni tashkil qiladi. Boshqa hududlarning ulushi 12 foizga teng.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • «Chiroyli» avtoraqamlarning sotilishi: Qozog‘iston va O‘zbekiston 15 apr, 11:38
  • Avtoraqamlar savdosi bo‘yicha ma’lumot beruvchi SMS-xabarlash xizmati ishga tushdi 20 fev, 17:30
  • Onlayn auksionda 2 millard so‘mlik “chiroyli raqamlar” sotildi! 02 okt, 16:46
  • “Oltin raqamlar” onlayn auksionga qo‘yildi! 21 sen, 22:45
  • Birja auksionlarida «birinchi» darajali avtoraqamlar joylashtirildi 20 sen, 23:40
  • So'nggi yangiliklar
  • 1 yanvardan bodi-kamerasiz xodim haydovchilarni to‘xtatishi mumkin emas 20 okt, 14:05 53
  • Turkmanistonda davlat muassasalari xodimlari paxta terimi uchun pul berishni istamagani uchun ishdan bo‘shamoqda 20 okt, 13:38 119
  • Hindistonda talabalar imtihonni boshlariga karton quti kiygan holda topshirishga majburlandi 20 okt, 13:12 180
  • Moskvada Ukraina prezidentining o‘zbekistonlik qiyofadoshi topildi (video) 20 okt, 12:44 419
  • Namanganda to‘y kortejida borayotgan Nexia yuk mashinasiga borib urildi (video) 20 okt, 12:16 448
  • Zidan: “Real” maydonda ustunlik qilsada, ko‘plab golli imkoniyatlarni yarata olmadi” 20 okt, 11:50 181
  • "Real" qanday qilib "Malorka"ga yutqazdi? (video) 20 okt, 11:30 236
  • Valeriy Karpin 6:1 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi? 20 okt, 11:04 545
  • "Zenit" o‘z maydonida Shomurodovning "Rostov"iga 6 ta gol urdi (video) 20 okt, 11:00 311
  • A Seriya. "Yuventus" Turinda qiyin g‘alabaga erishdi (video) 20 okt, 10:30 175
  • Bo‘limlar