“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2019, 07:40
ЎЗO‘Z

Musodara qilingan avtomobillarni onlayn auksion orqali sotish boshlandi

06 sen, 18:01 113 193 Avto
Musodara qilingan avtomobillarni onlayn auksion orqali sotish boshlandi
Yuridik va jismoniy shaxslarning sud hukmi bilan davlat foydasiga musodara qilingan mol-mulki 1 sentyabrdan boshlab O‘zbekistonda ish boshlagan «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasida kim oshdi savdosiga qo‘yila boshlandi, deb yozadi Sof.uz nashri.

Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi saytida 1 sentyabrdan ochilgan kim oshdi savdosida 10 ta eski VAZ, UAZ, Neksiya rusumli avtomobillar savdoga qo‘yilgan.

Kim oshdi savdosi deyarli barcha o‘zbekistonliklar uchun ochiq, Toshkent shahri va viloyatidagi ko‘chmas mulk auksionga qo‘yilganda, potensial xaridor Toshkent propiskasiga ega bo‘lishi shart. Ayni paytda, sud¸ prokuratura, ichki ishlar, soliq, bojxona tizimi, shuningdek MXX xodimlari, qolaversa, baholash xizmati vakillarining auksionda qatnashishi taqiqlangan.

U ëki bu savdoda qatnashmoqchi bo‘lganlar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari va kim oshdiga qo‘yilgan mol-mulkning birlamchi bahosining 5 foizi miqdorida zakalat qo‘yishlari lozim.

Ilgari xabar berilganidek, 2017 yil 1 sentyabrdan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha auksion savdolari faqatgina “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida elektron onlayn-auksionlar shaklida o‘tkaziladi.

2017 yil 1 sentyabrdan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha auksion savdolari faqatgina “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida elektron onlayn-auksionlar shaklida o‘tkaziladi.

Ijro ishi yuritishni amalga oshirishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha auksion savdolarining qonuniyligi, shaffofligi va xolisligini ta’minlash, narx-navo manipulyatsiyasi va boshqa suiiste’molchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik hamda ularning oldini olish, shuningdek, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari so‘zsiz ijro etilishini ta’minlash maqsadida «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27 iyul 2017 yilda PQ-3149- sonli qarori qabul qilingan.

Shu bilan birga, ushbu qaror bilan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” nizom tasdiqlangan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Majburiy ijro Byuro huzuridagi «Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi» davlat unitar korxonasini (Markaz) tashqil qilingan. Markaz sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasida mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va o‘tkazishga vakolatli operator hisoblanadi.

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilangan:

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • "Chiroyli" avtoraqamlarni sotish bo‘yicha onlayn-auksionlar ochildi 05 sen, 19:06
  • Avtomobillarga chiroyli raqamlarni internet orqali sotib olish mumkin 30 avg, 09:42
  • GM Uzbekistan sotuvga qo‘yilgan avtomobillar sonini ma’lum qildi 16 avg, 00:02
  • GM Uzbekistan avtomobillari etkazib berilishi ketma-ketligini onlayn kuzatish imkoni paydo bo‘ldi 02 iyun, 12:25
  • 615 mln so‘mlik Lamborghini Gallardo Andijon emas, Toshkentda savdoga qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi 21 sen, 09:38
  • Andijonda Lamborghini Gallardo kim oshdi savdosiga qo‘yildi 20 sen, 13:19
  • So'nggi yangiliklar
  • Professional fotograf mukammal Instagram rasmlarining sirini fosh etdi (foto) 16 noya, 07:00 31
  • Bill va Melinda Geyts Jamg‘armasi 16 noya, 06:30 81
  • Farzandsiz kishi 9ta maktab o'quvchilarining bir choraklik tushlik pulini to'ladi 16 noya, 06:00 148
  • Singapur haqida qiziqarli ma'lumotlar 16 noya, 00:30 400
  • Qizil vino ichib turasizmi? Unda uzoq yashashingiz aniq 16 noya, 00:06 556
  • Pavel Bugalo Suyunovning harakatlari va o‘tkazilgan gollar bo‘yicha izoh berdi 15 noya, 23:42 479
  • O‘zbekistonda kamida 20ta yirik davlat korxonasi xususiylashtirilishi kutilmoqda 15 noya, 23:30 357
  • Prezident huzurida xorijiy investorlar kengashi tuzildi 15 noya, 23:18 122
  • Yuriy Stoyanov: "Men barchadan O‘zbekistonni sevishni talab qilaman" 15 noya, 22:55 399
  • Turkmaniston hukumati nima uchun fuqarolariga O‘zbekistonga borishini cheklamoqchi? 15 noya, 22:32 1 167
  • Олмокчиман
    Саньат Саньат 15 мая 2019 14:26
    Onlayn auvksion qanday qatnashsa boʻladi
    Sunnat Sunnat 24 мая 2019 09:37
    Neksiya olmoqchiman
    Sherzod Sherzod 31 мая 2019 15:22
    Bo‘limlar