Yangi mavsum Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etadigan Qarshining “Nasaf” klubini bir qator yetakchi futbolchilar tark etishgach, jamoa rahbariyati ushbu bo‘shliqlarni to‘ldirish uchun bir qator ishlarni amalga oshirmoqda.
Jumladan, SPORTS.uz internet-portaliga ma’lum bo‘lishicha, qarshiliklar o‘z safiga Dushanbening “Istiqlol” klubi yarim himoyachisi Jahongir Aliyevni qo‘shib olishga yaqin turishibdi. Aytish lozimki, 21 yoshli Tojikiston terma jamoasi a’zosi ayni damda “Nasaf” mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.